Bosh sahifa

“O’zbekinvest Assistans” MCHJ sug’urta bozorida 2004 yildan buyon o’z faoliyatini yuritib kelmoqda. Jamiyat Toshkent shahar markazida joylashgan. Xodimlar soni 15 kishidan iborat boʼlib, barcha xodimlar oliy maxsus iqtisodiy  maʼlumotga ega. Jamiyat balansida 4 ta transport vositasi mavjud. Shuningdek, respublikaning barcha viloyat markazlarida voqea joyiga chiqish uchun masʼul xodimlar faoliyat koʼrsatib kelmoqda. 2022 yilda tumanlarda ham xodimlarni belgilash, ular bilan shartnomalar tuzish rejalashtirilgan.

Jamiyat xizmati tunu-kun 24/7 tartibida, mijozlar yoʼl-transport hodisasiga uchraganlarida bevosita voqea joyiga chiqib yuridik maslaxatlar beradi, texnik xizmatlar koʼrsatadi. Bundan tashqari, transport vositalarni ixtiyoriy (majburiy) sugʼurta, shaxsiy sugʼurta (baxtsiz hodisalardan sugʼurtalash) turlari boʼyicha daʼvo ishlarini koʼrib chiqadi va xulosalar beradi, regress talablarini amalga oshiradi. Toshkent shahrida va viloyat markazlarida transport vositalariga sifatli xizmat koʼrsatadigan avtoustaxonalar bilan shartnomalar tuzilgan.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *